Ronaldu murabbiydan nima kutganini aytdi

eʼlon qilindi
Hamma narsa oldindan tayyor bo‘lgan
Krishtianu ronaldu qahva
Foto: eurosport.com

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorge Jesus matbuot anjumanida o‘zi haqidagi sakkiz banddan iborat kelishilgan bayonotni o‘qib berishi kerak bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu bayonotda Jesus Ronalduni Pele va Diego Maradona darajasidagi futbolchi sifatida ta’riflashi kerak edi. Bu haqda u o‘zining Insatgram sahifasida yozib qoldirdi.

«Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchi»

Ronalduning aytishicha, Jorge Jesus Norvegiyaga qarshi o‘yinda uni ikkinchi bo‘limga tushirish uchun qizdirib, keyin maydonga tushirmagani xato bo‘lganini tan olishi kerak edi.

Foto: Goal.com

Kelishilgan bayonotda Jesus Ronalduni «Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchi» deb ta’riflashi va bunday futbolchini zaxiradan maydonga tushirish uchun qizdirib, keyin o‘yinga qo‘ymaslik noto‘g‘ri qaror bo‘lganini aytishi kerak bo‘lgan.

Ronaldu bayonotda undan uzr so‘rashni talab qilmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritish va kelishmovchilikka nuqta qo‘yish bo‘lgan.

Sakkiz bandda nimalar bor edi

Ronaldu oshkor qilgan hujjatda uning Portugaliya terma jamoasiga bo‘lgan munosabati va jamoaga 24 yil davomida qo‘shgan hissasi ham qayd etilishi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, Jesus Ronalduning murabbiy qarorlariga aralashmagani, professional va sodiq futbolchi bo‘lib kelganini aytishi lozim edi. Murabbiy Ronaldu bilan avval kelishilgan rejani qabul qilganini ham tasdiqlashi kerak bo‘lgan.

Hujjatning yana bir bandida Ronalduning Norvegiyaga qarshi uchrashuvdan keyin muxlislar bilan salomlashmagani masalasiga to‘xtalish ko‘zda tutilgan. Jesus esa terma jamoa safida 230 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan Ronalduning Portugaliyaga bo‘lgan muhabbatini shubha ostiga qo‘ymasligi kerak edi.

Nega Ronaldu bu hujjatni oshkor qildi

Ronalduning ta’kidlashicha, Jorge Jesus bilan kelishilgan gaplar keyinchalik matbuot anjumanida aytilmagan.

Avvalroq futbolchi buni kelishuvning buzilishi deb hisoblagandi va shundan so‘ng Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgan.

Shuningdek