OnePlus Ace 7 9000 mA/soat batareya bilan chiqishi mumkin

7-oktabr 2026 14:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Ace 7 9000 mA/soat batareya bilan chiqishi mumkin
Foto: OnePlus

OnePlus Ace 7 smartfoni haqida dastlabki texnik ma’lumotlar paydo bo‘ldi. ITHome nashriga ko‘ra, qurilma ayrim bozorlarda OnePlus 16R nomi bilan sotilishi mumkin.

Manba smartfon narxini 70 – 75 ming rupiy, ya’ni taxminan $725 – 775 atrofida baholamoqda. Hozircha bu ma’lumotlar OnePlus tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori

OnePlus Ace 7 Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, smartfon faol sovitish tizimiga ham ega bo‘ladi. Bunda issiqlikni kamaytirish uchun ichki ventilyator qo‘llanadi. Shuningdek, qurilma korpusi suvdan himoyalangan bo‘lishi aytilmoqda.

185 Hz OLED ekran

Smartfonga 6,78 dyuymli OLED displey o‘rnatilishi mumkin. Ekran 1,5K aniqlik va 185 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

9000 mA/soat batareya

OnePlus Ace 7’ning asosiy xususiyatlaridan biri 9000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘lishi mumkin. Qurilma kamida 100 Vt quvvatli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.

200 Mp asosiy kamera

Asosiy kamera blokida 200 Mp sensor qo‘llanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 50 Mp Samsung ISOCELL JN5 sensori va 3,5 karra optik zumli telefoto kamera bo‘lishi mumkin.

Old kamera esa 16 Mp aniqlikka ega bo‘lishi aytilmoqda.

Narxi $725 dan boshlanishi mumkin

Hisob-kitobga ko‘ra, OnePlus Ace 7 narxi 70 ming rupiydan boshlanib, 75 ming rupiygacha yetishi mumkin. Bu taxminan $725 – 775 ga teng. Smartfonning taqdimot sanasi hozircha ma’lum emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OnePlus 16 smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek