Jesus Ronalduning bayonotiga javob qaytardi

eʼlon qilindi
Jesus hammasini batafsil ko‘rib chiqmoqchi
Foto: Goal.com

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorge Jesus jamoa sardori Krishtianu Ronalduning terma jamoa yig‘inini tark etishi sabablari haqidagi bayonotini hali o‘qimaganini aytdi. Bu haqda u «A Bola» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Men terma jamoaning o‘yini uchun Leyriyada edim. Hozir bayonotni o‘qib chiqaman, hozircha aytadigan boshqa gapim yo‘q», – dedi Jesus.

Ronaldu Jezusni va’dasini bajarmaganlikda ayblagan

Avvalroq Ronaldu 6-oktabr kuni e’lon qilgan bayonotida Jorge Jesus bilan o‘rtasidagi kelishmovchilik tafsilotlarini ochib bergan edi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyaga qarshi uchrashuvdan oldin Jesus unga ikkinchi bo‘limda 30 daqiqa o‘ynashini aytgan. Shundan so‘ng Ronaldu tanaffusdan boshlab qizdirish mashqlarini bajargan, biroq maydonga tushirilmagan.

Ronaldu bu holatni murabbiyning o‘ziga bergan va’dasini buzishi sifatida baholagan. Uning ta’kidlashicha, 48 soatdan keyin Jesus bilan yana suhbat bo‘lib, vaziyatni matbuot anjumanida tushuntirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ronaldu sakkiz bandlik kelishuvni oshkor qilgan

Ronaldu bayonotida Jesus matbuot anjumanida o‘zi haqida sakkiz banddan iborat kelishilgan fikrlarni aytishi kerak bo‘lganini ma’lum qilgan.

Ular orasida Jesus Ronalduni Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchi deb ta’riflashi, futbolchining murabbiy qarorlariga hech qachon aralashmaganini va professional hamda sodiq bo‘lib kelganini qayd etishi kerakligi bor edi.

Bundan tashqari, Jesus Ronalduning Portugaliya terma jamoasiga bo‘lgan muhabbatini shubha ostiga qo‘ymasligi kerak edi. Bunga sabab futbolchining terma jamoa safida 230 dan ortiq o‘yin o‘tkazgani ko‘rsatilgan.

Shuningdek