Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti ikki olimga berildi

eʼlon qilindi
Mukofot miqdori $1,2 mln
Rasm SI

2026-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Anri B. Kagan va Kenso Soaiga berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi. Olimlar «assimetrik organik sintezda nochiziqli effektlar va avtokatalizni kashf etgani uchun» mukofotlandi.

Olimlar nimani kashf etdi

Nobel qo‘mitasi Kagan va Soaining tadqiqotlari assimetrik organik sintez sohasidagi muhim jarayonlarni tushunishga yordam berganini qayd etdi.

Ularning ishlari kimyoviy reaksiyalarda bir xil molekulaning turli fazoviy shakllari qanday hosil bo‘lishi hamda ayrim reaksiyalar o‘zini tezlashtirish mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan.

Mukofot miqdori $1,2 mln

Foto: Nobel

2026-yilda Nobel mukofoti sovrindorlariga maxsus diplom, medal va 12 mln Shvetsiya kronasi miqdoridagi pul mukofoti beriladi. Bu qariyb $1,2 mln ga teng.

2025-yilda mukofotni kimlar olgan edi

2025-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Susumu Kitagava, Richard Robson va Omar Yagiga berilgan edi. Ular katta hajmdagi gazlarni o‘zida saqlay oladigan yangi molekulyar tuzilmalarni ishlab chiqqani uchun taqdirlangan.

Nobel haftaligi davom etmoqda

2026-yilda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Karl Daysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga optogenetika sohasidagi ishlari uchun berildi.

Fizika bo‘yicha mukofot esa neytrinolarni o‘rganishdagi hissasi uchun Frensis Halzenga topshirildi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 8-oktabr, Tinchlik bo‘yicha mukofot 9-oktabr, iqtisodiyot bo‘yicha mukofot esa keyingi dushanba kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Frankis Halzenga berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek