Vivo Y32 8000 mA/soat batareya bilan taqdim etildi

7-oktabr 2026 15:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo Y32 8000 mA/soat batareya bilan taqdim etildi
Foto: Vivo

Vivo ayrim xalqaro bozorlarda yangi Vivo Y32 smartfonini taqdim etdi. Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri 8000 mA/soat sig‘imli batareyadir.

Smartfon Bangladesh va Nepalda Vivo’ning rasmiy saytlarida paydo bo‘lgan, biroq uning narxi hozircha e’lon qilinmagan.

120 Hz ekran va Unisoc protsessori

Vivo Y32 6,87 dyuymli LCD ekran bilan jihozlangan. Displey 1592×720 piksel aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 1300 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Unisoc T7300 protsessorida ishlaydi. Qurilma 4 yoki 6 GB LPDDR4X tezkor xotira hamda 128 GB UFS 2.2 ichki xotira bilan taklif qilinadi.

microSD karta orqali xotirani yana 2 TB gacha kengaytirish mumkin.

Foto: Vivo

Batareyasi 8 000 mA/soat

Vivo Y32 8 000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. U 44 Vt simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonning asosiy kamerasi 50 Mp bo‘lib, unga 2 Mp qo‘shimcha sensor hamrohlik qiladi. Old kamera esa 8 Mp aniqlikka ega.

Shuningdek, qurilmada stereo dinamiklar va quvvat tugmasiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri mavjud.

Suv va changdan himoyalangan

Vivo Y32 IP68 va IP69 himoya darajalariga ega. Bu smartfonning chang va suv ta’siriga chidamliligini oshiradi. Qurilma Android 16 asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimida ishlaydi va 4G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Twilight Red versiyasining qalinligi 8,69 mm, vazni 229 gramm. Sunset Orange modeli esa 8,79 mm qalinlikda va 230 gramm vaznga ega.

Avvalroq Vivo S2 FE smartfoni taqdim etilgani xabar berilgandi.

Shuningdek