O‘zbekiston Turkiy davlatlar bilan sun’iy yo‘ldoshlar yaratadi

eʼlon qilindi
Hujjat Antaliyada o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida qabul qilindi
O‘zbekiston va Turkiy davlatlar kosmik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi
Foto: Uzcosmos

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya kosmik sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqda «Uzcosmos» agentligi xabar berdi.

Hujjat Antaliyada o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida qabul qilindi. Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan tadbirda «Uzcosmos» agentligi direktori Shuhrat Kadirov qatnashdi.

Tadbir yakunida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan «Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kosmik sanoat sohasidagi dastlabki shartnoma» imzolandi.

Sun’iy yo‘ldosh va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik kengayadi

Shartnoma kosmik texnologiyalarni rivojlantirish, sun’iy yo‘ldoshlar yaratish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, hujjat TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida kosmik sohadagi institutsional hamkorlikni mustahkamlash va mutaxassislar salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston o‘zining ilk sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqargani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek