Chirchiqda bank xodimi 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Зарплаты в Узбекистане
Foto: «Pravda Vostoka»

Chirchiq shahrida tijorat banki xodimi 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan jami 1,3 mlrd so‘mini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumot kiritilgan

Tergovga qadar tekshiruv davomida tijorat bankining bo‘lim boshlig‘i fuqarolardan olingan pullarni bank kassasiga kirim qilmagani aniqlangan.

Shu bilan birga, omonat hisobvaraqlariga pullar go‘yoki bankka qabul qilingani haqida soxta ma’lumotlar kiritilgani qayd etilgan.

Departament ma’lumotiga ko‘ra, shu yo‘l bilan 1,3 mlrd so‘m o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi – o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda erkak voyaga yetmagan qizga uylanib, unga zo‘ravonlik qilgani aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek