«Samarkand 2028» ma’lumotlarini tijoratlashtirish imkoniyati o‘rganiladi

eʼlon qilindi
Giperspektral ma’lumotlardan foydalaniladi
«Samarkand 2028» texnologiyalarini tijoratlashtirish imkoniyati o‘rganiladi
Foto: Uzcosmos

Uzcosmos agentligi va STAR.VISION kompaniyasi «Samarkand 2028» giperspektral sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida yangi amaliy yechimlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va kelgusida ularni tijoratlashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

Giperspektral ma’lumotlardan foydalaniladi

Hamkorlik doirasida giperspektral sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan amaliy maqsadlarda foydalanish, ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ishlab chiqilgan yechimlarni tijoratlashtirish va ularni bozorga olib chiqish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Memorandumni Uzcosmos va STAR.VISION imzoladi

Hujjatni imzolash marosimida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov va STAR.VISION kompaniyasining guruh bosh ijrochi direktori Danying Fan ishtirok etdi.

Tomonlar ushbu hamkorlik kosmik texnologiyalar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini amaliyotda qo‘llash, yangi mahsulot va xizmatlar yaratish hamda ularni tijoratlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Turkiy davlatlar bilan sun’iy yo‘ldoshlar yaratishi haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya kosmik sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dastlabki shartnomani imzoladi.

Shuningdek