Istanbulda 7 qavatli binoning uch qavati qulab tushdi

eʼlon qilindi
Maltepe tumanidagi binoning yuqori qavatlarida qolib ketgan odamlar evakuatsiya qilindi, vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi
Istanbulda 7 qavatli binoning uch qavati qulab tushdi
Foto: Anadolu

Istanbulning Maltepe tumanida 7 qavatli binoning dastlabki uch qavati qisman qulab tushdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Hodisa Cevizli mahallasidagi Dog‘u ko‘chasida sodir bo‘lgan. Binoning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib bordi

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga yong‘in o‘chirish xizmati, AFAD, UMKE, politsiya va tez tibbiy yordam guruhlari yuborilgan.

Binoning qulamagan yuqori qavatlarida qolib ketgan fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan evakuatsiya qilingan.

Vayronalar ostida qidiruv boshlandi

Qutqaruv guruhlari bino qoldiqlari orasida odamlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun qidiruv ishlarini boshlagan.

Hozircha jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri turk kinosi yulduzlari Toshkentga kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek