Qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Fuqarolarni xorijga olib chiqishda ayblanmoqda
Qo‘qonda "yaxshilik" niqobi ostida tovlamachilik qilgan shaxslar jazolandi
Foto: Sun’iy intellekt

Turkiyada uzoq yillardan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. qo‘lga olinib, mamlakatga qaytarildi. U odam savdosi va noqonuniy ravishda chet elga chiqish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

M.X. Jinoyat kodeksining 135-moddasi — odam savdosi hamda 223-moddasi — qonunga xilof ravishda chet elga chiqish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida uning turgan joyi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Fuqarolarni xorijga olib chiqishda ayblanmoqda

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Tergov materiallariga ko‘ra, M.X. boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, fuqarolarni aldov yo‘li bilan Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqqanlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, ularni ushbu davlatlarda fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilganlikda gumon qilinmoqda.

Turkiya va O‘zbekiston vakolatli organlari o‘tkazgan tezkor tadbirlar natijasida M.X. qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarildi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Istanbulda ushlangandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, N.E. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (odam savdosi) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Shuningdek