Patent vakillari attestatsiyadan o‘tmaydi

eʼlon qilindi
Yangi tartibga ko‘ra, patent vakillari har uch yilda malaka oshiradi, ularning attestatsiyadan o‘tish talabi esa bekor qilindi
Patent vakillari attestatsiyadan o‘tmaydi
Manba: Norma.uz

O‘zbekistonda patent vakilligi instituti faoliyati yangilanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, patent vakillari har uch yilda o‘z malakasini oshirib borishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ular uchun attestatsiyadan o‘tish talabi bekor qilindi.

Guvohnomalarni hududiy adliya organlari beradi

Endilikda patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan beriladi.

Guvohnoma olgan jismoniy shaxs O‘zbekistonda patent vakili sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

Patent vakili unga murojaat qilgan shaxsning intellektual mulk masalalari bo‘yicha manfaatlarini ifoda etish huquqiga ega bo‘ladi.

Faqat ko‘rsatilgan ixtisoslik bo‘yicha ishlaydi

Patent vakili guvohnomada ko‘rsatilmagan ixtisoslik bo‘yicha vakillik qilish huquqiga ega emas.

Ularni tayyorlash va malakasini oshirish Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti yoki Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Patent vakillari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Patent vakillari reyestri portalda e’lon qilinadi

Patent vakillari reyestri «Intellektual mulk muhofazasi» portalida e’lon qilib boriladi.

Amalda faoliyat yuritayotgan patent vakillarining guvohnomalari 2026-yil 1-noyabrga qadar attestatsiyasiz, davlat boji va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda amaldagi ixtisosliklari bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi. Shundan so‘ng ular Patent vakillari davlat reyestriga kiritiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda real ish haqi 9,5 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek