Abduqodir Husanov MDHda yetakchi, Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda — 8-oktabrda e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Toshkent metrosida yo‘qolgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi
Abduqodir Husanov MDHda yetakchi, Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda — 8-oktabrda e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Husanov/ Instagram

Abduqodir Husanov MDHda yetakchi, Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda — 8-oktabrda e’lon qilingan yangiliklar «Kursiv» dayjestida.

O‘zbekistonda 71,8 mingta kvartira foydalanishga topshirildi

O‘zbekistonda 71,8 mingta kvartira foydalanishga topshirildi
Foto: depositphotos

2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 71 839 ta kvartira foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 30,5% ga ko‘p. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

2025-yilning shu davrida mamlakat bo‘yicha 55 065 ta kvartira foydalanishga topshirilgan edi. Bir yil ichida ko‘rsatkich 16 774 taga oshgan.

Andijonda paypoq ichidan 64 ming dollar chiqdi

Andijon dollar
Foto: Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi

Andijonda fuqaro Qirg‘izistonga chiqib ketish vaqtida 64 ming AQSh dollarini paypoq qismiga yashirib, bojxona nazoratidan olib o‘tishga uringan. Valyuta deklaratsiyada ko‘rsatilmagan. Bu haqda Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Fuqaro «Do‘stlik» chegara bojxona postining «Chiqish piyoda» yo‘nalishidagi yashil yo‘lak orqali O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan bo‘lgan.

2,5 ming yevro: Germaniyada 200 ta ish o‘rni taklif qilindi

2,5 ming yevro: Germaniyada 200 ta ish o‘rni taklif qilindi
Foto: Pexels

Migratsiya agentligi va RRG AG tashkiloti O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada qurilish sohasida ishlashga taklif qilmoqda. Dastur doirasida 200 ta ish o‘rni ajratilgan.

Nomzodlar haftasiga besh kun, jami 40 soat ishlaydi. Mehnat shartnomasi muddatsiz tuziladi va dastlabki olti oy sinov muddati hisoblanadi.

Ikki yoshli qizaloq 250 dan ortiq magnit sharchani yutib yubordi

Foto: Morozov kasalxonasi

Moskvada ikki yoshli qizaloq bir vaqtning o‘zida 250 dan ortiq magnit sharik yutib yubordi. Shifokorlar magnitlarni endoskopik usulda olib tashlab, bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Morozov bolalar kasalxonasi xabar berdi.

Ota-onasi qizini Moskvadagi Morozov bolalar shifoxonasiga kuchli yo‘tal sabab olib kelgan. Rentgen tekshiruvida bolaning oshqozonida juda ko‘p begona jismlar borligi aniqlangan. Keyingi tekshiruvda ular 250 dan ortiq magnit sharik ekani ma’lum bo‘lgan.

Mirziyoyev Pashinyan bilan hamkorlikni muhokama qildi

Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Avazada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv Prezident Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari 8-oktabr kuni Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari 2026 – 2027-yillarda suv olish limitini kelishib oldi

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari 2026–2027-yillarda suv olish limitini kelishdi
Foto: SI / Instagram / Qozog‘iston suv resurslari vazirligi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston 2026 – 2027-yillardagi vegetatsiyalararo davr uchun suv olish limitlari va suv omborlarining ishlash rejimlarini kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston suv resurslari vazirligi xabar berdi.

Kelishuv Turkmanboshi shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining 95-yig‘ilishida erishildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashi tuzadi

Shavkat mirziyoyev va Sersar berdimuhammedov
prezident.uz

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi. Yangi kengash ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot va ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Abduqodir Husanov MDHning eng qimmat futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasida o‘ynayotgan MDH davlatlari futbolchilari orasida eng qimmat futbolchi bo‘ldi. Uning qiymati 50 mln yevroga baholangan.

Toshkent metrosida yo‘qolgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi

Toshkent metropolitenida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari $10 ming miqdoridagi pulni topib, qonuniy egasiga qaytardi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston fuqarosi Sergeli tumaniga avtomobil xarid qilish maqsadida kelgan. Biroq avtomobil xarid qilinmagan va fuqaro o‘zi bilan olib kelgan $10 mingni yo‘qotib qo‘ygan.

Shuningdek