Nyu-Yorkda IBN xodimi otgan erkak yaralandi

eʼlon qilindi
Hodisa vaqtida besh yoshli bola avtomobilda bo‘lgani aytilmoqda, jabrlangan erkak shifoxonaga yotqizildi
Nyu-Yorkda IBN xodimi otgan erkak yaralandi
Foto: AFP

Nyu-Yorkda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (IBN) xodimi hibsga olish vaqtida bir erkakka qarata o‘q uzdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan va uning hushi joyida, deb xabar berdi DW.

Hodisa 8-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 16:00 da Nyu-Yorkning Marble Hill hududida sodir bo‘lgan. Nyu-York politsiyasi o‘z xodimlari otishmada ishtirok etmaganini bildirgan.

Shuningdek, o‘qing: Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

Mamdani ICE operatsiyalarini to‘xtatishga chaqirdi

Nyu-York meri Zohran Mamdani hodisani qoralab, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bog‘lanishga uringanini ma’lum qildi.

«Bu juda jiddiy va qabul qilib bo‘lmaydigan holat», — deya qayd etgan Mamdani.

U Tramp bilan suhbatda Nyu-Yorkdagi ICE operatsiyalarini to‘xtatishni talab qilishini aytdi. Merning ma’lumotiga ko‘ra, otishma vaqtida avtomobilda besh yoshli bola ham bo‘lgan, biroq u jismonan jabrlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Rossiya «Lukoyl» aktivlarini muhokama qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek