Dollar yana oshdi: 10-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
9-oktabr kuni 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mga tenglashgan edi
Dollar oshdi: 10-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

10-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 51,33 so‘mga oshib, 11 897,90 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

1-oktabr kuni esa 12,42 so‘mga tushib, 11 808,76 so‘m bo‘lgan edi. 3-oktabr kuni 35,81 so‘mga tushib, 11 772,95 so‘mni, 6-oktabr kuni 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘mni, 7-oktabr kuni 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil qildi. 8-oktabr kuni 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mga, 9-oktabr kuni 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mga tenglashdi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi

Yevro kursida o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 95,45 so‘mga oshib, 13 336,36 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 1,23 so‘mga oshib, 140,18 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» 8-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek