511 nafar soliq inspektori mukofotga tavsiya etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sentabr oyida mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarining umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 71,8 ballni tashkil etdi
511 nafar soliq inspektori mukofotga tavsiya etildi
Manba: norma.uz

2026-yil sentabr oyida «Mahallalarda soliq organlari faoliyati» axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichi 71,8 ballni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Respublika bo‘yicha 9 009 ta mahallaga 1 740 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Eng yuqori natija Buxoro viloyatida qayd etildi

Hududlar kesimida umumiy reytingda eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilib, 87,5 ballni tashkil qildi.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 86,3 ball va Xorazm viloyati 86,1 ball bilan qayd etilgan.

Infografikadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida ko‘rsatkich 78,9 ball, Namangan viloyatida 79,9 ball, Toshkent viloyatida 79,1 ball bo‘lgan.

Foto: Soliq qo‘mitasi

511 nafar inspektor 80 balldan yuqori natija ko‘rsatdi

Sentabr yakunlariga ko‘ra, 80 balldan yuqori natija qayd etgan jami 511 nafar soliq inspektori mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Shundan 14 nafar inspektor 97 – 100 ball, 112 nafari 90 – 97 ball, 181 nafari 85 – 90 ball, 204 nafari esa 80 – 85 ball to‘plagan.

Shuningdek, 993 nafar inspektorning natijasi 55 – 80 ball oralig‘ida bo‘lgan.

236 nafar inspektor 55 balldan past natija ko‘rsatdi

Hisobot davrida 236 nafar soliq inspektori 55 balldan past natija qayd etgan. Hududlar orasida Toshkent shahrida bunday inspektorlar soni 56 nafarni, Andijon viloyatida 40 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 33 nafarni tashkil qilgan.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, «Mahallabay» tizimida respublika bo‘yicha 9 009 ta mahallada 1740 nafar soliq inspektori faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq «Kursiv» chet elda ishlayotganlar pensiya olishi uchun nima qilishi kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek