O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 7,6 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-oktabr holatiga $66,6 mlrdni tashkil qildi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,7 mln so‘mga chiqdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-oktabr holatiga $66,6 mlrdni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 1-sentabrga nisbatan $5,5 mlrd yoki 7,6 foizga tushganini ko‘rsatadi.

«O‘zbekiston respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,6 mingdan $4,18 minggacha tushishining ta’siri -5,9 mlrd dollarni tashkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.

Pasayish asosan oltin zaxiralari hisobiga yuz berdi. Sentabr boshida $65 mlrd bo‘lgan oltin qiymati oktabr boshiga kelib $60,1 mlrdga tushdi. Ammo oltinning jismoniy hajmi 14,1 mlndan 14,3 mln unsiyaga oshdi.

Hujjatdan ekran tasviri / Markaziy bank

Xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi avgust boshidagi $6,6 mlrddan $5,9 mlrdga pasaydi. Naqd valyuta va depozitlar hajmi ham tushib, $4,9 mlrddan $4,2 mlrdga yetdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmida ham pasayish qayd etildi. Ular $1,691 mlrdga yetdi. SDR ko‘rsatkichi tushib, $570,8 mlnni tashkil qildi.

Boshqa xorijiy valyutadagi aktivlar esa $128,7 mlndan $173,2 mlngacha pasaydi. Depozitlar va oltin kabi ayrim komponentlarda ham biroz o‘zgarishlar kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston avgust oyida 8 tonna oltin sotib olgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatning yil boshidan buyon amalga oshirilgan sof oltin xaridlari qariyb 50 tonnaga yetdi.

Jahon oltin kengashi hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin zaxiralari hozirda qariyb 439 tonnani tashkil etadi. Oltin mamlakat jami xalqaro zaxiralarining qariyb 90%iga teng.

Shuningdek