MrBeast Toshkentda, Ronaldu va Messi bitta jamoada — 9-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng muhim yangiliklari bir nuqtada
Messi va Ronaldu qachon bir jamoada o‘ynaydi
Foto: sportsnet.ca

Taniqli bloger MrBeast Toshkentga yetib keldi va muxlislari bilan uchrashdi, futbol qirollari Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynash ehtimoli bor — 9-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

MrBeast Toshkentda: uni muxlislar kutib oldi

MrBeast Toshkentda: uni muxlislar kutib oldi

Amerikalik mashhur bloger Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast Toshkentga tashrif buyurdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Qatar Executive kompaniyasiga tegishli Gulfstream G700 xususiy samolyotida Tokiodan uchib kelgan.

MrBeast kelgan samolyot «Toshkent-Humo» aeroportiga qo‘ngan. Aeroportda bloger muxlislar bilan uchrashib, ular bilan suratga tushgan.

Krishtianu Ronaldu va Messi bir jamoada birga o‘ynashi mumkin

Krishtianu Ronaldu va Messi bir jamoada birga o'ynashi mumkin
Kollaj: https://www.si.com

Sobiq argentinalik futbolchi Karlos Teves 2026-yil oxirida Buenos-Ayresdagi La Bombonera stadionida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. MARCA’ning Infobae’ga tayanib yozishicha, o‘yinda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin.

Uchrashuv 20-dekabrga rejalashtirilayotgani aytilmoqda. Teves bu tashabbusni amalga oshirish uchun «Boka Xuniors» prezidenti Xuan Roman Rikelmening roziligini olgani haqida ham xabar berilgan.

Yangiliklar

O‘zbekistonliklar Misrga vizani oldindan olishi kerak bo‘ladi: nimalar ma’lum

O‘zbekistonliklar Misrga vizani oldindan olishi kerak bo‘ladi
Foto: Pexels

2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabar berdi.

Yangi talablarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Misrga safar qilishdan oldin kirish vizasini Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar Misrga faqat yaqin oila a’zolari – ota-ona, er yoki xotin yoxud farzandlari hamrohligida safar qilishi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida $5000 naqd mablag‘ bo‘lishi talab etiladi.

Chet elda ishlayotganlar pensiya olishi uchun nima qilishi kerak

Как легально увеличить размер своей пенсии в Узбекистане
Foto: Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lab borishi mumkin. Pensiya jamgʻarmasining ma’lumotiga ko‘ra, soliq to‘langan davrlar kelgusida pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Xorijda yollanib ishlayotgan fuqaro ijtimoiy soliq miqdorini o‘zi belgilashi mumkin. Biroq u to‘lov amalga oshirilayotgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining yiliga kamida bir baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

Afg‘onistonda 52 ayol kiyim sababli hibsga olingan — BMT

Manba: iStock

Afg‘onistonda 2026-yil iyul – sentabr oylarida kamida 52 ayol va bir qiz kiyinish qoidalarini buzganlik hamda erkak hamrohsiz jamoat joyiga chiqqanlikda ayblanib hibsga olingan yoki vaqtincha ushlab turilgan. Bu haqda BMTning Afg‘onistondagi ko‘mak missiyasi – UNAMA ma’lum qildi.

UNAMA ma’lumotiga ko‘ra, ayollar chador kiymagani, sochi ko‘rinib turgani, rangli ro‘mol yoki pardozdan foydalangani, shuningdek, mahramsiz – erkak hamrohsiz jamoat joyiga chiqqani uchun ushlangan.

2,5 ming dollar: ikkilamchi bozorda Damas narxlari qancha

2,5 ming dollar: ikkilamchi bozorda Damas narxlari qancha
Foto: SI / videodan

8-oktabr kuni Namangan viloyatidagi Norin avtomobil bozorida sotuvga qo‘yilgan Damas avtomobillari narxi ishlab chiqarilgan yili, yurgan masofasi va holatiga qarab $2,5 mingdan $7,9 minggacha bo‘lgan. Sotuvchilardan biri bozorda ayrim Damaslar narxi avvalgiga nisbatan $500 – 600 ga arzonlaganini aytdi.

Bozordagi 2026-yilda ishlab chiqarilgan, 500 kilometr yurgan, propan gaz uskunasi, chexol va qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasiga ega Damas uchun $7,9 ming so‘ralgan.

Germaniya shaxmat Bundesligasida 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster qatnashadi

Foto: uzchesss

Germaniya shaxmat Bundesligasining 2026/27-yilgi mavsumi joriy yilning 9-oktabr kuni start oladi. Musobaqada 16 ta klub qatnashadi, dastlabki uch tur esa 9 – 11-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Bundesliga rasmiy taqvimiga ko‘ra, mavsum 2027-yil 4-aprelgacha davom etadi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 7,6 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,7 mln so‘mga chiqdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-oktabr holatiga $66,6 mlrdni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 1-sentabrga nisbatan $5,5 mlrd yoki 7,6 foizga tushganini ko‘rsatadi.

«O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,6 mingdan $4,18 minggacha tushishining ta’siri -5,9 mlrd dollarni tashkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.

Real Sanjikning sud hukmi o‘zgartirilmaydigan bo‘ldi

«Real Sanjik» 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida Sanjar Karimovga («Real Sanjik») oid jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tuman sudining S. Karimovni Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlash) bilan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda BHMning 400 baravari miqdoridagi jarima jazolari aslicha qoldirilgan.

Mirziyoyev MDHda kiberjinoyatlarga qarshi qo‘shma markaz tashkil etishni taklif qildi

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH doirasida transchegaraviy kiberjinoyatlar va firibgarlik sxemalariga qarshi qo‘shma aloqa markazini tashkil etishni taklif qildi. Bu tashabbus 9-oktabr kuni Turkmanistondagi MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ilgari surildi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida o‘tgan sammitda Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston Respublikalari rahbarlari, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ham qatnashdi.

Shuningdek