Sindarovga qarshi Gukesh: Jahon chempionligi matchi taqvimi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Asosiy bahslar 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi
Foto: Chessbase.in

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh o‘rtasidagi shaxmat toji uchun match 2026-yil 24-noyabrdan 12-dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.

Asosiy bahslar 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Ular Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. Bu Toshkent vaqti bilan soat 19:00 ga to‘g‘ri keladi.

Match partiyalari qaysi kunlari o‘tkaziladi

Taqvimga ko‘ra, partiyalar quyidagi kunlarga belgilangan:

  • 24-noyabr — 1-partiya;
  • 25-noyabr — 2-partiya;
  • 26-noyabr — 3-partiya;
  • 28-noyabr — 4-partiya;
  • 29-noyabr — 5-partiya;
  • 30-noyabr — 6-partiya;
  • 2-dekabr — 7-partiya;
  • 3-dekabr — 8-partiya;
  • 4-dekabr — 9-partiya;
  • 6-dekabr — 10-partiya;
  • 7-dekabr — 11-partiya;
  • 8-dekabr — 12-partiya;
  • 10-dekabr — 13-partiya;
  • 11-dekabr — 14-partiya.

Agar asosiy partiyalardan keyin g‘olib aniqlanmasa, tay-brek bahslari 12-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Sindarov jahon chempionligi uchun kurashadi

Javohir Sindarov 2026-yilda Kiprda o‘tkazilgan «Da’vogarlar turniri»da g‘olib chiqib, jahon chempionligi uchun matchda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi u amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib boradi.

Match g‘olibi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.

Avvalroq o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov FIDE’ning amaldagi reytingida hindistonlik jahon chempioni Gukesh Dommarajudan 72 ochko oldinda borayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek