Falastinda saylovlar 2027-yil sentabrgacha qoldirildi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos parlament saylovlarini qariyb bir yilga kechiktirdi. Endilikda parlament va prezident saylovlari 2027-yil 11-sentabr kuni bir vaqtda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Avval parlament saylovlari 2026-yil 28-noyabrga, prezident saylovlari esa 2027-yil boshiga belgilangan edi.
Abbos Isroil tomonidan yaratilgan to‘siqlarni sabab qilib ko‘rsatdi
Abbos farmonida «erkin, adolatli va inklyuziv saylovlar» o‘tkazishga Isroil tomonidan qo‘yilayotgan to‘siqlar sabab bo‘layotgani qayd etilgan.
Ular qatorida G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi harbiy operatsiyalar, ko‘chmanchilar zo‘ravonligi, harakatlanish cheklovlari hamda Falastin soliq tushumlarining ushlab qolinishi ko‘rsatilgan.
G‘azo sektorida esa xavfsizlik va gumanitar vaziyat, Isroil kuchlarining to‘liq chiqib ketmagani hamda qayta tiklash ishlari bo‘yicha yetarli siljish yo‘qligi sabablar qatorida sanab o‘tilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Isroil armiyasi G‘azo va Xon-Yunusdagi uylarni portlatib vayron qilgani haqida yozgan edi.