Yangi Toshkentda xorijlik investorlar uchun 50 ta lot ajratildi

eʼlon qilindi
Vazirlar investorlarni Yangi Toshkentga taklif qiladi
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi
Foto: President.uz

Yangi Toshkent loyihalariga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun dastlabki 50 ta lot belgilandi. Ularning joylashuvi, iqtisodiy hisob-kitoblari, loyiha imkoniyatlari va mavjud yengilliklarni o‘z ichiga olgan tayyor takliflar xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga yetkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga xorijlik sarmoyadorlar qiziqishi yuqori ekanini ta’kidladi.

Dastlab investorlar uchun 50 ta lot belgilanib, har biri bo‘yicha yer uchastkasi, loyiha imkoniyatlari, iqtisodiy hisob-kitoblar va amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga olgan takliflar shakllantiriladi.

Xorijdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalariga chet ellik investorlarni Yangi Toshkentdagi imkoniyatlar bilan kengroq tanishtirish vazifasi qo‘yildi.

Vazirlar investorlarni Yangi Toshkentga taklif qiladi

Vazirlarga xorijiy hamkorlar va yirik kompaniyalar bilan har bir uchrashuvda Yangi Toshkent imkoniyatlarini taqdimot qilish hamda ularni qo‘shma loyihalarga jalb etish topshirildi.

Prezident e’lon qilingan imkoniyatlar faqat qog‘ozda qolib ketmasligi, balki investor qo‘liga aniq yer maydoni, hisob-kitob va muddatlari ko‘rsatilgan tayyor loyiha sifatida yetib borishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, o‘qing: Yangi Toshkentda yer narxi 90 foizdan ko‘proq oshdi

«Shirin» massivida ishlar sust ketmoqda

Davlat rahbari Samarqanddagi «Shirin» massivini qurishga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatdi.

Biroq u yerda ishlar sust ketayotgani tanqid qilindi. Hozirgacha tadbirkorlarga atigi 19 gektar yer ajratilgan, qolgan maydonlarning katta qismi esa bo‘sh turibdi.

Massivni Samarqand shahri markazi bilan bog‘laydigan ko‘prik 1-sentabrgacha foydalanishga topshirilishi kerak edi. Shuningdek, viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini ko‘chirish jarayoni ham hali boshlanmagani qayd etildi.

Yangi Toshkentdagi imtiyozlar «Shirin»ga ham beriladi

Prezident davlat idoralarining o‘zi faol bo‘lmasa, bu tadbirkorlarning investitsiya kiritish qaroriga ham ta’sir qilishini ta’kidladi.

Shu sabab Yangi Toshkent uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar Samarqanddagi «Shirin» massiviga ham tatbiq etiladi. U yerda ham investorlarga tayyor loyihalar va qulay shartlar taklif qilinishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazirga idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish topshirilgandi.

Shuningdek