O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini bo’lishi mumkin
eʼlon qilindi
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda 13–14-oktabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tezkor gidrometeorologik axboroti ma’lum qildi.
Qaysi hududlarda sel xavfi bor
Ogohlantirishga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel va suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.
Fuqarolarga ehtiyotkorlik tavsiya qilindi
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanadigan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 12–18-oktabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergandi.