«Kafolat sug‘urta» aksiyalari bir haftada 98 foizga qimmatlashdi

eʼlon qilindi
2-oktabrdan 9-oktabrgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «Garant bank» aksiyalari «Hamkorbank»ni ortda qoldirdi
Foto: Unsplash

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 2-oktabrdan 9-oktabrgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 3,19 foizga pasaydi.

Ushbu davr mobaynida «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 98,05 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «BRB» (+23,42) va «Ipoteka-bank» aksiyalarida (+14,06%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari 15,71 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, «O‘ztransgaz» (-9,84%) va «Portlatishsanoat» (-9,33%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqat «Agrobank», «Hamkorbank», «Aloqabank», «O‘zbekgeofizika», «Qizilqumsement» va «Kapital sug‘urta» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha UzNIF (5 441 ta), «Uzbekinvest» (3 711 ta) va «Hamkorbank» (3 166 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zbektelekom» (1,22 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. UzNIF (1,10 mlrd so‘m) va «Hamkorbank» (913,56 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda ilk valyuta obligatsiyalari ro‘yxatga olindi

Yuqori likvidli aksiyalardan 26 tasi haftani ijobiy, oltitasi o‘zgarishsiz va 25 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 18,88 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Anor bank reytingini CCC darajasigacha pasaytirgani xabar qilingandi. Fitch bahosiga ko‘ra, reyting pasayishining asosiy omillaridan biri bankning asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimov bilan bog‘liq vaziyat bo‘lgan.

Shuningdek