O‘zbekistonda soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 89 foizni tashkil qildi

eʼlon qilindi
Eng yuqori ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida qayd etildi
O‘zbekistonda soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 89 foizni tashkil qildi
Rasm: SI

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni ixtiyoriy bajarish darajasi 89% ni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng yuqori ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida qayd etilib, 96% ni tashkil qilgan.

Toshkent shahrida ko‘rsatkich 94% ga yetdi

Hududlar kesimida Toshkent shahrida soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 94% ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 91%, Samarqand viloyatida esa 90% bo‘lgan.

Manba: Soliq qo‘mitasi

Yer qa’ridan foydalanuvchilar soliqlarni to‘liq bajargan

Soliq turlari bo‘yicha eng yuqori natija yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqda qayd etildi – majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilish darajasi 100% ni tashkil qildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ida bu ko‘rsatkich 97%, foyda solig‘ida 96%, aksiz solig‘ida 95% bo‘lgan.

QQS bo‘yicha ixtiyoriy to‘lov darajasi 92%, aylanmadan olinadigan soliqda 91%, mol-mulk solig‘ida 88%, yer solig‘ida esa 86% ni tashkil qilgan.

Eng past ko‘rsatkich suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda qayd etilib, 60% bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yil sentabr oyida «korxonabay» ishlash tizimi doirasida budjetga 10,8 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlangani haqida yozgandi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 42,9% ga ko‘p.

Shuningdek, bir oyda 1 mln so‘m va undan ortiq QQS to‘lagan soliq to‘lovchilar soni 82,4 mingtaga yetib, 98,1% ga oshgani ma’lum qilingan.

Shuningdek