Xitoydan kelgan jo‘natmada 24,9 kg pregabalin topildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Xitoydan kelgan jo‘natmada 24,9 kg pregabalin topildi
Foto: DXX vediosidan ekran tasviri

O‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan yuborilgan 24,9 kg pregabalin (kuchli ta’sir qiluvchi modda) to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, jo‘natma Xitoydan yuborilgan.

Jo‘natmadan 24,974 kg pregabalin topildi

Jo‘natmani kuryerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmaning Toshkent shahridagi ofisida qabul qilib olayotgan ikki shaxs ushlangan.

Ulardan biri Yunusobod tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro, ikkinchisi esa 1998-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va hozirda Chilonzor tumanida vaqtincha istiqomat qiluvchi shaxs ekani ma’lum qilindi.

Jo‘natma ochib ko‘rilganda, uning ichidan oq rangli kukunsimon ko‘rinishdagi 24 kg 974 gramm pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi aniqlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noqonuniy tamaki savdosida minglab qutilar musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek