Samarqand noni tovar belgisi sifatida ham ro‘yxatdan o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Guvohnoma 10 yil muddatga beriladi
Foto: WordPress.com

«Samarqand noni» nomi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin endi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatiga olindi. Bu milliy gastronomik merosni huquqiy himoyalash va mahsulotning bozordagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

«Samarqand noni»ning huquqiy himoyasi kengaydi

2025-yil fevral oyida «Samarqand noni» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. Endilikda uning tovar belgisi sifatida ham ro‘yxatga olinishi mahsulot nomini huquqiy muhofaza qilishda yana bir qadam bo‘ldi.

Geografik ko‘rsatkich mahsulotning muayyan hudud bilan bog‘liq xususiyatlari va obro‘sini e’tirof etishga xizmat qiladi. Tovar belgisi esa mahsulotni boshqalardan farqlash va uning nomini huquqiy himoya qilish imkonini beradi.

Tovar belgisi guvohnomasi 10 yilga beriladi

«Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, tovar belgisi uchun guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali ariza topshirish mumkin.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining mashhur milliy non mahsulotlaridan biri bo‘lgan «Qo‘qon patiri» geografik ko‘rsatkich sifatida huquqiy himoyaga ega bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek