MrBeast o‘zbekistonliklar sabab muddatidan oldin jo‘nab ketdimi

eʼlon qilindi
Toshkent va Samarqandni qamrab olgan safar davomida dasturdagi birorta band bekor qilinmagan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Amerikalik bloger Jimmy Donaldson (MrBeast)ning O‘zbekistonga tashrifi avvaldan belgilangan dastur asosida o‘tkazildi. Toshkent va Samarqandni qamrab olgan safar davomida dasturdagi birorta band bekor qilinmagan. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

MrBeast jamoasi suratga olishni davom ettirmoqda

Jamg‘arma bayonotida qayd etilishicha, MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi ikki shahar – Toshkent va Samarqandni qamrab olishi oldindan rejalashtirilgan. Dastur bloger jamoasi bilan kelishilgan hamda tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilgan.

Shuningdek, MrBeastning jo‘nab ketish sanasi ham avvaldan belgilangan bo‘lgan. Tasvirga olish guruhining boshqa a’zolari esa reja bo‘yicha O‘zbekistonning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.

Jamg‘arma Toshkent va Samarqand aholisi hamda mehmonlariga Jimmi Donaldson va uning jamoasini iliq kutib olgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq MrBeast Samarqandga tashrifi davomida muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek