Namanganda 40 sotix yer uchun 11,5 ming dollar so‘ragan xodim fosh etildi

eʼlon qilindi
Yer maydonini auksionsiz rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki shaxs pul olayotgan vaqtida ushlangan
Namanganda 40 sotix yer uchun 11,5 ming dollar so‘ragan xodim fosh etildi
Foto: Departament

Namangan viloyatida yer maydonini auksion savdolarisiz rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

40 sotix yer uchun $11,5 ming so‘ralgan

Tergovga qadar tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi boshqa bir fuqaro bilan til biriktirgan.

Ular fuqaroga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aytilmoqda.

Ikki shaxs buning evaziga $11,5 ming olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi – firibgarlik hamda 28, 211-moddasi – pora berish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek