Bolalar himoyasi kuchaytirildi, oshirilayotgan tariflar va Messining siri — 14-oktabr kungi dayjest

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Foto: prezident.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ozarbayjon poytaxti Bakuga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Bolaga zo‘ravonlikka toqat yo‘q»: prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin

Foto: Facebook

O‘zbekistonda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan oshirish taklif qilinmoqda. Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida isitish va hisoblagich bo‘yicha issiq suv tariflari qariyb 30 foizga qimmatlashadi.

Husiylar Saudiya Arabistoniga yangi raketa hujumi uyushtirdi

Husiylar Saudiya Arabistoniga yangi raketa hujumi uyushtirdi
Foto: depositphotos

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni hududiga navbatdagi raketa hujumlarini amalga oshirdi. Saudiya tomoni bir nechta raketa, jumladan, poytaxt Ar-Riyod tomon yo‘naltirilgan raketalar urib tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

Qishga tayyorgarlik: 243,7 mlrd so‘m nimaga sarflandi

Foto: gov.uz/oz/mc

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 6 686 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlandi. Buning uchun boshqaruv tashkilotlari hisobidan 243,7 mlrd so‘m sarflandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 9 oyda 2 233 ta zilzila qayd etildi

Foto: Rasmiy_axborot_official

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 2 233 ta zilzila va 41 ta favqulodda vaziyat qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Dollar foyda bilan: 14-oktabr uchun valyuta ayirboshlash kurslari

14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
foto; depositphotos

Tijorat banklari tomonidan 14-oktabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslari yangilandi. «Kursiv» eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Sindarov — Gukesh: jahon chempionati formati tasdiqlandi

Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi jahon chempionati formati tasdiqlandi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

FIDE o‘zbekistonlik Javohir Sindarov va hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon chempionligi uchun bahs reglamentini tasdiqladi. Uchrashuv ko‘pi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi, birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi g‘olib chiqadi.

Ronaldu Messi haqida hech kim bilmagan sirni oshkor qildi

Ronaldu Messi haqida hech kim bilmagan sirni oshkor qildi
Foto: AP
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirib, avval keng ommaga ma’lum bo‘lmagan voqeani esladi. Bu haqda Sport.ua The Touchline’ga tayanib xabar berdi.

Isroil Madrimovning Toshkentdagi jangi ko‘chirildi

Isroil Madrimov
Foto: wbcboxing

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning ozarbayjonlik Seymur Isayevga qarshi jangi 30-oktabrdan 10-dekabrga qoldirildi. Toshkentdagi «Humo Arena»da o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro professional boks oqshomining sanasi tashkiliy sabablarga ko‘ra o‘zgartirildi. Bu haqda Lift Promotions kompaniyasi ma’lum qildi.

Depozitlarda 19%: bank tizimida dollarlashuv pasaydi

Depozitlarda 19%: bank tizimida dollarlashuv pasaydi
Foto: depositphotos

 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekiston bank tizimida xorijiy valyutadagi mablag‘lar ulushi kamayishda davom etdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy valyutadagi depozitlar ulushi bir yil ichida 23 foizdan 19 foizgacha tushgan.

Shuningdek