Qaysi banklardan avtokredit olish qulay

12-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,3 foizdan 21,2 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «Asaka bank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18 foizni tashkil etdi. Bungacha eng kam foiz «Apex bank» (18,1%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «Asaka bank» – 18%;
- «Aloqabank» – 18,7%;
- «Ipoteka-bank» – 18,7%;
- «Apex bank» – 19,5%;
- «Milliy bank» – 20,6%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Davr bank» – 25,3%;
- «Garant bank» – 24,5%;
- «Agrobank» – 24,2%;
- «Mikrokreditbank» – 24,1%;
- «Trastbank» – 23,4%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 27,6 foizdan 28 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «TBC bank» – 42,7%;
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «Ipak Yuli bank» – 36,4%;
- «Tenge bank» – 35,4%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,6%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 21,5% bo‘lib, uni ham «Mikrokreditbank» taklif etgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Mikrokreditbank» – 21,6%;
- «Infinbank» – 24%;
- «Trastbank» – 24,3%;
- «Asia Alliance bank» – 24,4%;
- «Agrobank» – 24,8%.
Eslatib o‘tamiz, endi banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib olmaydi. 2027-yil 10-yanvardan O‘zbekistonda banklar mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik bo‘yicha to‘lovlarni undirishda uning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng pulni saqlab qolishi shart bo‘ladi. Hozirgi miqdor bo‘yicha bu 680 ming so‘mni tashkil etadi.