Namanganda muddati o‘tgan dorilar savdosi aniqlandi

Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlarida sifati kafolatlanmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Pop tumanida 2 453 quti mahsulot olindi
Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sumalak guzari mahallasidagi dorixonada sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar savdoga qo‘yilgani aniqlangan.
Dorixonadan 203 turdagi jami 2 453 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Chust tumanida 3 859 quti dori aniqlandi
Shunga o‘xshash holat Chust tumanidagi Istiqbol mahallasida joylashgan dorixonada ham qayd etilgan.
Tezkor tadbir davomida ushbu dorixonadan 648 turdagi jami 3 859 quti sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar olib qo‘yilgan.
Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹²-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda soxta Call-markaz faoliyati fosh etilgani haqida yozgan edi.