Yashnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
eʼlon qilindi
Bundan avval Abdulaziz Abdulxakov qurilish sohasida ishlab kelgan

Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi lavozimiga Abdulaziz Abdulxakov tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Abdulxakov qurilish sohasida ishlagan
Abdulaziz Abdulxakov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jalik sohalarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2025-yildan «UET Construction» MChJning ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Undan avval Baxtiyor Rahmonqulov 2020-yil 26-avgustdan buyon Yashnobod tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga yangi hokim tasdiqlangani haqida yozgan edi.