TBC Avto shaxsiy vakili: u avtomobil xarid qilishda qanday yordam beradi

eʼlon qilindi
TBC Avto xizmati orqali xaridor avtomobil sotib olishning asosiy bosqichlarida qulay servis va shaxsiy vakil hamrohligiga ega bo‘ladi

TBC Avto xizmati orqali xaridor avtomobil sotib olishning asosiy bosqichlarida qulay servis va shaxsiy vakil hamrohligiga ega bo‘ladi.

Avtomobil sotib olayotganda chalkashliklar va savollar paydo bo‘lishi tabiiy: qaysi komplektatsiyani tanlagan maʼqul? Narxi ichiga nimalar kiradi va qanday hujjatlar talab etiladi? Kredit tasdiqlangach, keyingi qadam qanday boʻladi? TBC Avto’da esa xaridning barcha bosqichlarida bank vakili xaridorning yonida bo‘ladi — u rasmiylashtirishda ko‘maklashadi va barcha savollarga javob beradi.

Mashina tanlashdan rasmiylashtirishgacha

TBC Avto — TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi xizmat bo‘lib, avtosalondan yangi avtomobil tanlash va to‘lov usulini belgilashdan tortib, avtomobilni olgungacha bo‘lgan jarayonning barcha bosqichlarini qamrab oladi.

Deylik, Jahongir BYD Han sotib olmoqchi. U TBC Avto orqali o‘ziga mos avtomobilni topadi, narx va dilerlarning takliflarini solishtiradi, so‘ng o‘zi uchun qulay to‘lov usulini — darhol sotib olish yoki kredit rasmiylashtirishdan birini tanlaydi.

TBC Avto vakili xaridga qanday hamrohlik qiladi

Dastlabki tasdiqlashdan so‘ng xaridor bilan TBC Avto vakili bog‘lanadi, keyingi qadamlar bo‘yicha batafsil ma’lumot beradi, avtosalonda uchrashuv belgilaydi. Uchrashuv davomida mutaxassis tanlangan avtomobil va uning komplektatsiyasini tekshirishga, shuningdek, narx ichiga nimalar kirishini aniqlab olishga yordam beradi. Muhimi, xarid shartlarini rasmiylashtirish jarayonining oʻzida ham oʻzgartirish imkoniyati mavjud.

Masalan, xaridor avvaliga 50 mln soʻm boshlangʻich toʻlov koʻzlagan boʻlsa-yu, yakunda 40 mln soʻm toʻplay olgan boʻlsa — TBC Avto vakili kredit muddati hamda oylik toʻlovlarni darhol qayta hisoblab, yakuniy skoringdan oʻtishga ko‘maklashadi.

Shundan so‘ng hujjatlar hamda sug‘urta rasmiylashtiriladi. TBC Avto vakili shartnoma mazmunini batafsil tushuntirib beradi, yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi hamda har bir bosqichda mijozga hamrohlik qiladi.

Avtomobilni qabul qilib olayotganda ham u mashinani tekshirishda ko‘maklashadi: kuzov holati, asosiy tizimlarning ishlashi va tanlangan komplektatsiyaga mosligini koʻzdan kechiradi. Agar biror kamchilik aniqlansa, TBC Avto vakili hisob-ma’lumotnoma imzolangunga qadar muammoni avtosalon bilan birgalikda bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Shu tariqa, bitimning murakkab tafsilotlarini xaridorning oʻzi mustaqil hal qilishiga hojat qolmaydi. TBC Avto vakili xaridning ilk qadamidan tortib, kalitni topshirgunga qadar boʻlgan barcha jarayonlarda yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi va avtosabondagi rasmiylashtirish ishlarini yengillashtiradi.

TBC BANK ATBdan avtokredit, O‘zRes Markaziy bankining 2022-yil 17-martdagi 86-sonli litsenziyasi.

Foiz stavkasi — yillik 0% dan 29,5% gacha. Summa — 1 000 000 000 so‘mgacha. Muddat — 6 oydan 60 oygacha. Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab. Xarid qilinayotgan avtomobil garovda qolishi shart. Ommaviy oferta emas. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorni bank qabul qiladi. Kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kreditning barcha shartlari bilan tanishib chiqing.

Shuningdek