Aziza Qurbonova va Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimga tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamentida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Aziza Qurbonova va Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimga tayinlandi
Kollaj: SI

Aziza Qurbonova Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Administratsiya rahbarining farmoyishlari bilan Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamentida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Shuningdek, Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev ushbu departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akramjon Fozilov boshqa lavozimga o‘tdi

Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Farruh Omonov lavozimidan ozod etildi

Farruh Farxodjonovich Omonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek