Kontrakt to‘lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi

eʼlon qilindi
Talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish ham 1-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin
Super-kontrakt
Foto: Andrey Popov / depositphotos.com

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Uzaytirilgan muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan, shuningdek, o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish ham 1-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

Kamida 25% to‘lanishi kerak

Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganlar yillik kontrakt summasining kamida 25 foizini 1-noyabrgacha to‘lashi lozim.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa shu muddatgacha yillik summaning kamida 50 foizi to‘lanishi kerak.

Pedagoglar farzandlariga 30 foizlik imtiyoz

2026/2027-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy qilingan.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar Google Gemini AI Plus’dan 1 yil bepul foydalanishi haqida xabar berilgandi. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Google hamkorligida SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bir yillik obuna qiymati $60 ekani ma’lum qilindi.

Shuningdek