iPhone 18 Pro va Pro Max savdosi rekord o‘rnatdi, Chevrolet Tracker va Trailblazer yangilandi — 17-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kursiv Uzbekistan dayjesti
В махалле Кичкирик Ташкента создали 2,4-километровую набережную

iPhone 18 Pro va Pro Max savdosi rekord o‘rnatdi, Chevrolet Tracker va Trailblazer yangilandi — 17-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

«Manchester Siti» 10 yilgacha musobaqalardan chetlatilishi mumkin

Foto: mancity.com

Angliyaning «Manchester Siti» klubi moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ayblovlar tasdiqlansa, UEFA musobaqalaridan 7 yildan 10 yilgacha chetlatilishi mumkin, deb xabar berdi Sports.kz. Klub safida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham to‘p suradi.

Mirziyoyev O‘mon, Xitoy, Turkiya va BAAning yetakchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi

Mirziyoyev O‘mon, Xitoy, Turkiya va BAAning yetakchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘mon, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarda energetika, infratuzilma, logistika, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dam olish kunlari 24 ta bank ishlaydi — ro‘yxat

Banklarda ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxira shakllantirish tartibi belgilandi
Foto: depositphotos

17 − 18-oktabr — shanba va yakshanba kunlari 24 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

iPhone 18 Pro va Pro Max savdosi rekord o‘rnatdi

iPhone 18 uchun oldindan buyurtmalarda firibgarliklar boshlandi
Foto: Gulf Business

Xitoyda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari savdosi jami 4 mlndan oshdi. Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 18 Pro Max 2026-yilning 41-haftasida qariyb 900 mingta faollashtirish bilan yangi haftalik rekord o‘rnatgan.

Bu ko‘rsatkich aynan smartfonlarning tarmoqqa ulanishi va faollashtirilishini aks ettiradi.

Cobalt, Tracker, Onix va Damas: UzAuto Motors boshlang‘ich to‘lovsiz savdo xabarini rad etdi

Cobalt va Damas uchun 15 mln so‘mgacha qayta chegirma e’lon qilindi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz sotilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaga ko‘ra, ushbu ma’lumotni tarqatgan shaxs UzAuto Motors yoki uning dilerlik tarmog‘iga aloqador emas.

Sug‘urta tovoni kechiksa, kompaniya penya to‘laydi

Sug‘urta tovoni kechiksa, kompaniya penya to‘laydi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Yo‘l-transport hodisasidan keyin transport vositasi egasining majburiy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha tovon puli kechiktirilsa, sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchiga penya to‘lashi kerak. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bunday holatlarda fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.

Chevrolet Tracker va Trailblazer yangilandi

Chevrolet Tracker va Trailblazer yangilandi
Foto: GM Authority

Chevrolet 2027-yilgi Tracker va Trailblazer krossoverlarini Kanada bozori uchun yangiladi. Modellar yangi tashqi dizayn, zamonaviy multimedia tizimi, 5G aloqa va kengaytirilgan xavfsizlik funksiyalariga ega bo‘ladi. Avtomobillar 2027-yil bahorida Kanada dilerlik markazlariga yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi. Prezidentning 16-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, akademiya davlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lib, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

Akademiya Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi negizida tashkil qilinadi.

Shuningdek