Bahodir Jalolov professional boksda 18-g‘alabasiga erishdi

18-oktabr 2026 15:13 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: boxingscene.com

Ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov Angliya poytaxti London shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida o‘zining 18-jangini o‘tkazib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Jalolovning 10 raundlik ustunligi

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan o‘zbekistonlik sportchi ushbu oqshomda mezbon bokschi Solomon Dakresga qarshi ringga ko‘tardi. O‘n raund davom etgan bahsda Bahodir Jalolov to‘liq ustunlik namoyish etdi va jang davomida raqibini 1 marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Bellashuv yakunida u hakamlarning yakdil qarori bilan g‘olib deb topildi.

Oqshomning markaziy jangi natijasi

London mezbonlik qilgan ushbu boks kechasida og‘ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun ham jang bo‘lib o‘tdi. Unda britaniyalik bokschilar — Daniel Dyubua hamda Fabio Uordli o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur bahsning 2-raundida Daniel Dyubua raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratib, o‘z chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Avvalroq Kursiv nashri Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek