Dollar «qulamoqda»: 20-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

20-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 11,18 so‘mga tushib, 12 044,72 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘m, 14-oktabr kuni 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘m bo‘ldi. 15-oktabr kuni 49,81 so‘mga oshib, 11 963,16 so‘mni, 16-oktabr kuni 48,49 so‘mga oshib, 12 011,65 so‘mni tashkil qildi. 17-oktabr kuni esa 44,25 so‘mga oshib, 12 055,90 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi
Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 47,51 so‘mga tushib, 13 525,02 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 1,3 so‘mga oshib, 145,46 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 17-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.