Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng qozoq tilida murojaat qildi

20-oktabr 2026 08:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng qozoq tilida murojaat qildi
Foto: Instagram/ @diyora_keldiyorova

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Qozog‘istonda o‘tgan Aktau Asian Open 2026 xalqaro turniridagi g‘alabasidan so‘ng muxlislarga qozoq tilida murojaat qildi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Sportchi Instagram sahifasida Aktau shahrida oilasi bilan tushgan suratlarni e’lon qilib, postini qozoq tilidagi minnatdorlik so‘zlari bilan boshlagan.

«Rahmat, Aktau! Oilam, yaqinlarim va barcha muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman», — deb yozdi u.

Keldiyorova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Diyora Keldiyorova Aktau Asian Open 2026 turnirida 52 kg vazn toifasida g‘olib chiqdi.

U musobaqani chorak finaldan boshladi va dastlab Qozog‘iston vakili Nuraylim Sarsenbekni mag‘lub etdi. Yarim finalda yana bir qozog‘istonlik dzyudochi Gulxan Shingisxandan ustun keldi.

Finalda esa ozarbayjonlik Farida Mirzayevani muddatidan oldin mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Olimpiadadan keyingi ilk rasmiy turniri

Aktau Asian Open Keldiyorova uchun Parij-2024 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritganidan keyingi ilk rasmiy musobaqa bo‘ldi.

Sportchi Olimpiadadan so‘ng farzandli bo‘lishi munosabati bilan faoliyatida tanaffus qilgan edi. Shu sababli Aktau turniridagi g‘alaba uning katta sportga qaytishidagi muhim natija bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» Otabek Umarov Diyora Keldiyorovaning g‘alabasiga munosabat bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek