Rubio O‘zbekistonga tashrifini yakunladi

eʼlon qilindi
Rubioni Saidov kuzatib qo‘ydi
Foto: TIV vaziri Telegram kanali

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat strategik sherikligini yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tashrif doirasida prezidentlar muzokaralari, «C5+1» vazirlar uchrashuvi va O‘zbekiston–AQSh Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Tashrif ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi zamin yaratdi

Saidovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar hamda boshqa uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim asos bo‘ldi.

Tashrif davomida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar va strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Hamkorlik amaliy natijalar bilan mustahkamlanadi

19-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Jumladan, «C5+1» formatidagi vazirlar uchrashuvi Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi muloqotni kengaytirishga xizmat qildi. Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida esa yangi investitsiya va savdo kelishuvlari muhokama qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marko Rubio bilan uchrashuvda strategik sheriklikni rivojlantirish, xavfsizlik, savdo va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek