Dollar «qulamoqda»: 21-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
20-oktabr kuni 11,18 so‘mga tushib, 12 044,72 so‘mga tenglashgandi
Dollar «qulamoqda»: 21-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

21-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 32,42 so‘mga tushib, 12 012,30 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

14-oktabr kuni 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘m bo‘ldi. 15-oktabr kuni 49,81 so‘mga oshib, 11 963,16 so‘mni, 16-oktabr kuni 48,49 so‘mga oshib, 12 011,65 so‘mni tashkil qildi. 17-oktabr kuni esa 44,25 so‘mga oshib, 12 055,90 so‘mga, 20-oktabr kuni 11,18 so‘mga tushib, 12 044,72 so‘mga tenglashdi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 58,03 so‘mga tushib, 13 466,93 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham tushdi. Rubl kursi 0,13 so‘mga tushib, 145,33 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» 20-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek