Qozog‘iston Navaiga qarshi ishni tugatib, mamlakatdan chiqarib yubordi

eʼlon qilindi
Navai chegarada ushlangan edi
Rossiya Navai hibsga olingani bo‘yicha Qozog‘istonga nota yubordi
Foto: Instagram/ @navaib

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish tugatildi. Musiqachi mamlakatdan chiqarib yuborildi, deya xabar berdi Kursiv Kazakhstan.

Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, qaror qabul qilishda ikki holat inobatga olingan.

Navai bunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani va qilgan ishidan pushaymon bo‘lgani qayd etilgan. Ishni tugatish qarori nazorat qiluvchi organ bilan kelishilgan.

Navai chegarada ushlangan edi

Reper Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida avtomobili tekshirilayotgan paytda ushlangan edi. Xabarlarga ko‘ra, mashinadan giyohvand modda aniqlangan. Shundan so‘ng unga nisbatan giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

15-oktabr kuni sud Navai ikki oyga hibsga olish haqida qaror chiqargan, keyinroq u Tarazdagi tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Shundan keyin Rossiya Qozog‘istonga reper Navai – Navai Bakirovning hibsga olinishi yuzasidan diplomatik nota yuborgandi. Rossiya tomoni ushlangan fuqarolari qayerda saqlanayotgani va ularning holati bo‘yicha ma’lumot berishni so‘ragan.

Shuningdek