
Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE 2026-yilgi jahon chempionligi uchun bahs oldidan Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasini taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klassik shaxmatda Sindarovning ustunligi sezilarli. Hisob 2,5:0,5 ko‘rinishida o‘zbekistonlik grossmeyster foydasiga.
Blitsda ham Sindarov oldinda
Blits bahslarida ham Javohir Sindarov Gukeshga qarshi yaxshiroq natija qayd etgan. Bu formatdagi o‘zaro uchrashuvlar hisobi 2:0 hisobida Sindarov foydasiga.
Rapidda Gukesh ustun
Rapid shaxmatda esa vaziyat aksincha. Bu yo‘nalishda Gukesh 1:0 hisobida oldinda bormoqda.
Shu tariqa uchta asosiy format ichida Sindarov klassik va blitsda, Gukesh esa rapidda ustunlikka ega.
Jahon chempionligi bahsi Jenevada o‘tadi
Salesforce FIDE World Championship 2026 doirasidagi jahon chempionligi uchun bahs Shveysariyaning Jeneva shahrida 24-noyabrdan 12-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Bahs boshlanadigan paytda har ikki grossmeyster ham 20 yoshda bo‘ladi. Mazkur uchrashuv yilning eng muhim shaxmat voqealaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bibisora Assaubayeva Sindarov bilan to‘yiga kinoya bilan javob bergani haqida yozgan edi.