Yog‘ingarchiliksiz salqinlik: oktabr oxirigacha ob-havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Shimolda kechasi harorat 0 darajagacha tushadi
Yog‘ingarchiliksiz salqinlik: oktabr oxirigacha ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda 22 – 29-oktabr kunlari, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab aksariyat hududlarda havo asta-sekin sovib, kunduzgi harorat 12–22 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-oktabr kuni kunduzgi harorat 17–22 daraja bo‘lsa, 24 – 29-oktabr kunlari 12–17 darajagacha pasayadi.

25-oktabrdan boshlab kechasi havo 0–5 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham quruq ob-havo kuzatiladi. Bu hududlarda 22-oktabr kuni 20–25 daraja iliq bo‘lsa, oy oxiriga kelib harorat 15–20 darajagacha tushadi.

Toshkent va markaziy hududlarda 17–22 daraja bo‘ladi

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 22-oktabr kuni kunduzgi harorat 20–25 darajani tashkil etadi.

23 – 29-oktabr kunlari esa havo salqinlashib, kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu hududlarda ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan.

Janubda eng iliq ob-havo saqlanadi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 22-oktabr kuni harorat 23–28 darajagacha ko‘tariladi.

23-oktabrda 20–25 daraja, 24 – 29-oktabr kunlari esa 18–23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi harorat 5–10 daraja atrofida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham havo salqinlashadi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 22-oktabr kuni kunduzgi harorat 20–25 darajani tashkil etadi.

23 – 29-oktabr kunlari kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘larda 10–15 daraja iliq bo‘ladi

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi.

22-oktabr kuni kunduzgi harorat 13–18 daraja bo‘lsa, 23 – 29-oktabr kunlari 10–15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi esa harorat 1–6 darajagacha pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbuldagi o‘zbekistonliklar ob-havo bo‘yicha ogohlantirilgandi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni ob-havo sharoitining yomonlashishi sabab ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek