Fransiya elçisi til haqida özbekcha ğazal öqidi

Fransiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Ualid Fuk 21-oktyabr – Özbek tili kuni munosabati bilan şoir Avaz Ötarning «Til» ğazalini öqidi. Asarda xorijiy tillarni örganish, ilm-fan va hunar egallaş hamda til bilişning inson hayotidagi ahamiyati haqida söz boradi.
Ğazalda şoir yoşlarni boşqa tillarni örganishga, bilim olişga va zamon bilan hamnafas bölişga çaqiradi. Muallif tilni insonlar va xalqlar örtasidagi aloqa vositasi sifatida tasvirlaydi.
Avaz Ötarning «Til» ğazali:
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.
Ğayri tilini sa’y qiling bilgali yoşlar,
Kim ilmu hunarlar bilaki andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni ğayrat eting, foida kondur.
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda öquğonlar bori yaktoyi zamondur.
Zor ölmasun onlar daği til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bağri töla qondur.
Ğazalda ona tilini qadrlash bilan birga, boşqa tillarni ham puxta örganish zarurligi ta’kidlanadi. Şoirning fikriça, til biliş insonning ilm-fan va hunar sirlarini egallaşiga, dunyo bilan yaqindan aloqa örnatişiga yordam beradi.
Ma’lumot uçun: Ualid Fuk – Fransiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi. Fransiya elçixonasi Özbekistonda fransuz tilini örganish, ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan taşabbuslarni amalga oşirib keladi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillashtirişga oid qonunni imzolagandi.