Novosibirskda mehribonlik uyida qolgan özbekistonlik bola onasiga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk şahrida mehribonlik uyida saqlanayotgan özbekistonlik bola onasiga topşirildi. Özbekiston Boş konsulxonasi diplomatlari Rossiya migratsiya qonunçiligini buzgani uçun vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan ayolning vatanga qaytişiga ham kömaklaşdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Boş konsulxona vakillari bir kun içida vaqtinça saqlaş markazi va Mehribonlik uyi rahbariyati bilan muzokaralar ötkazdi. Natijada ayolning ozod etilişiga erişildi va unga Özbekistonga qaytiş sertifikati rasmiylaştirildi.
Diplomatlar bolani «Tolmaçyovo» xalqaro aeroportiga olib kelib, onasiga topşirdi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi bir hafta içida Özbekiston Boş konsulxonasi vakillari beş nafar bolaning vatanga qaytişiga kömaklaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada majburiy nikohga undalgan 17 yoşli özbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.