
General Motors (GM) 2027-yil davomida bir neça asosiy segmentda gibrid avtomobillarni taqdim etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya boş direktori Mary Barra GM’ning 2026-yil uçinçi çorak moliyaviy natijalariga bağişlangan konferensiyada ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, kompaniya öz faoliyat yuritayotgan asosiy avtomobil segmentlarida gibrid texnologiyalarni joriy etadi.
«Gibridlar nuqtayi nazaridan, biz iştirok etadigan asosiy segmentlarning bir neçtasida bunday avtomobillar portfelimizda böladi», – dedi Mary Barra.
GM yangi segmentlarga kirişni rejalaştirmayapti
Barra hozirgi gibrid avtomobillar bozorining katta qismi ixçam avtomobillar, örta ölçamli maşinalar va minivenlarga töğri kelişini ta’kidladi.
GM esa hozir bu segmentlarda faoliyat yuritmaydi. Şu sababli kompaniya gibrid texnologiyalarni yangi toifadagi avtomobillarga emas, balki özining mavjud va ommabop modellari joylaşgan segmentlarga olib kirişga e’tibor qaratadi.
Kompaniya hozirça qaysi modellar gibrid tizimga ega bölişini rasman e’lon qilmagan.
Silverado va Sierra gibrid versiya olişi mumkin
GM Authority avvalroq General Motors yangi avloddagi töliq ölçamli pikaplari uçun gibrid yoki PHEV – taşqi manbadan quvvatlanadigan gibrid tizimlar ustida işlayotgani haqida xabar bergan edi. Ular orasida Chevrolet Silverado va GMC Sierra modellari bor.
Şuningdek, Chevrolet Equinox’ning gibrid yoki PHEV versiyasi ham işlab çiqilişi mumkinligi aytilgan.
Biroq General Motors bu loyihalarni hozirça rasman tasdiqlamagan. Şu sababli ularning bozorda paydo böliş sanasi va texnik konfiguratsiyasi noma’lumligiça qolmoqda.
Avvalroq «Kursiv» yangilangan Chevrolet Tracker qaçon çiqişi haqida yozgan edi.