Endi bank, notarius, aeroport va boşqa joylarda hujjatlarning elektron şakli qabul qilinadi

Özbekistonda fuqarolar bir qator davlat va moliyaviy xizmatlardan foydalanişda hujjatlarning qoğoz nusxasini taqdim etişi şart bölmaydi. Endilikda ayrim hujjatlarning my.gov.uz va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi elektron şaklidan foydalaniş mumkin.
Adliya vazirligi 2026-yil 20-oktabr kuni hujjatlarning qoğoz şakli örniga elektron şaklini taqdim etişga oid idoraviy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkazdi.
Mazkur özgartirişlar 33 ta idoraviy hujjatni qamrab oladi. Natijada fuqarolar hujjatlarning elektron şaklini taqdim etiçi, tegishli taşkilotlar esa ularni qabul qilişi mumkin.
Qaysi hujjatlardan elektron foydalaniş mumkin
Elektron şaklda biometrik pasport, ID-karta, tuğilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik töğrisidagi ma’lumotnoma, uruş qatnaşçisi guvohnomasi va talabalik guvohnomasidan foydalaniş mumkin.
Bu hujjatlar my.gov.uz portali yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi orqali taqdim etiladi.
Bank va aeroportlarda ham qabul qilinadi
Raqamli hujjatlar banklarda şaxsni tasdiqlaş va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişda qabul qilinadi.
Şuningdek, ular notarial idoralarda tegishli xizmatlardan foydalanişda hamda aeroportlarda Özbekiston içidagi aviareyslarga röyxatdan ötişda qoğoz hujjat örnini bosişi mumkin.
Boşqa xizmatlarda ham qöllaniladi
Elektron hujjatlardan telekommunikatsiya xizmatlari uçun şartnoma tuzişda, donorning şaxsini tasdiqlaşda, lombard bilan şartnoma tuzişda, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlardan foydalanişda va harbiy röyxatga olişda ham foydalanish mumkin.
Şuningdek, uruş qatnaşçilariga kompensatsiya berişda ham raqamli hujjatlar qabul qilinadi. Mazkur imkoniyatlar 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son Hukumat qarori asosida joriy etilgan unifikatsiyalaşgan raqamli servislar tizimini kengaytirişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq turkiy davlat fuqarolariga aeroportlarda alohida nazorat joriy etilişi haqida xabar berilgandi. Rejaga ko‘ra, ushbu davlatlar fuqarolari uchun ayrim aeroportlarda alohida pasport nazorati punktlari tashkil etiladi.