Özbekiston va YXHT qöşma «Yöl xaritasi»ni qabul qiladi

eʼlon qilindi
Parlamentlararo hamkorlik kengaytiriladi
Özbekiston va YXHT PA qöşma «yöl xaritasi»ni qabul qiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YXHT) amaliy hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi ustuvor yönalişlarni belgilovçi qöşma «Yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib oldi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan YXHT Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetro bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Parlamentlararo hamkorlik kengaytiriladi

Uçraşuvda Özbekistonning YXHT va uning Parlament assambleyasi bilan hamkorligini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, xususan, parlamentlararo muloqotni kuçaytiriş va amaliy hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaşga e’tibor qaratdi.

Özbekistonning YXHT Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Assambleya vakillari esa mamlakatdagi saylovlarni kuzatiş jarayonlarida muntazam qatnaşib keladi.

Ekologiya, migratsiya va transport masalalari muhokama qilindi

Tomonlar örtasida ekologiya, migratsiya va transport yönalişlarida konstruktiv muloqot yölga qöyilgani qayd etildi.

Şuningdek, Özbekiston vakili YXHT Parlament assambleyasining Migratsiya böyiça maxsus qömitasi tarkibiga kiritilgani ta’kidlandi.

Uçraşuvda uşbu sohalarda hamkorlikni yanada kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

Markaziy Osiyodagi şeriklik ham kun tartibida böldi

Muloqot davomida xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy şeriklikni rivojlantiriş va xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va YXHT Parlament assambleyasi örtasidagi amaliy hamkorlikning yangi ustuvor yönalişlarini belgilovçi qöşma «Yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.

Avvalroq Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik rejasini yangilamoqçiligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek