Davlat mablaği hisobidan quriliş xarajatlari yangi tartibda hisoblanadi

eʼlon qilindi
Pudratçining boşqa xarajatlari 20 foizgaça hisoblanadi
Davlat mablaği hisobidan quriliş xarajatlari yangi tartibda hisoblanadi
Foto: depositphotos

Özbekistonda 2027-yil 1-yanvardan boşlab davlat mablaği hisobidan moliyalaştiriladigan quriliş, rekonstruksiya va ta’mirlaş loyihalarida pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlarini hisoblaşning yagona tartibi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaysi loyihalarga tatbiq etiladi

Yangi tartib budjet tizimi budjetlari mablağlari, şuningdek, ustav fondida yoki ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalarga tatbiq etiladi.

Mazkur loyihalarda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va obyektlarning boşlanğiç qiymatini aniqlaşda yagona me’yorlardan foydalaniladi.

Iş haqi 1 kişi-soat uçun yagona me’yorda hisoblanadi

2027-yildan quriliş sohasidagi işçi-xodimlar mehnatiga haq tölaş miqdori respublika böyiça 1 kişi-soat uçun mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 foizi miqdorida belgilanadi.

Mazkur hisob-kitobga ijtimoiy soliq tölovlari ham kiritiladi.

Boşqa işlab çiqariş xarajatlari 2,5 foiz etib belgilanadi

Pudrat taşkilotlarining işlab çiqariş bilan boğliq boşqa xarajatlari töğridan töğri xarajatlar summasining 2,5 foizi miqdorida hisoblanadi.

Toğli, çöl va yetib boriş qiyin bölgan hududlardagi obyektlarda esa uşbu körsatkiç 5 foizgaça oşiriladi.

Uşbu xarajatlar uçun ajratilgan mablağlar faqat haqiqatda bajarilgan işlar hajmi va qiymatidan kelib çiqib moliyalaştiriladi.

Pudratçining boşqa xarajatlari 20 foizgaça hisoblanadi

Nizomga köra, pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari smeta qiymatining, ya’ni töğridan töğri xarajatlarning 20 foizi miqdorida belgilanadi. Bundan taşqari, zarur foyda 7 foiz miqdorida hisobga olinadi.

Yangi taşkil etilgan pudratçilar uçun alohida tartib bor

Agar pudrat taşkiloti taşkil etilganiga bir kalendar yil tölmagan bölsa va uning balans körsatkiçlari, moliyaviy hisobotlari hamda boşqa hisobot ma’lumotlari hali şakllanmagan bölsa, boşqa xarajatlar smeta qiymatining 10 foizi miqdorida qabul qilinadi.

Bunday holatda ham zarur foyda 7 foiz miqdorida belgilanadi.

Hisob-kitoblar «Şaffof quriliş» orqali yuritiladi

Töğridan töğri şartnomalar böyiça pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlarini hisoblaş, tekşiriş va tasdiqlaş jarayonlari «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimi orqali elektron şaklda amalga oşiriladi.

Şuningdek, pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari miqdori haqidagi ma’lumotlar taşkilotlar kesimida uşbu tizimda e’lon qilib boriladi.

Tenderdagi xarajatlarni özgartiriş çeklanadi

Tender yoki tanlov asosida tuzilgan şartnomalarda şartnoma amal qiladigan davrda pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari miqdorini özgartirişga yöl qöyilmaydi.

Faqat soliq qonunçiligiga tegişli özgartirişlar kiritilgan holatlar bundan mustasno böladi.

Yangi tartib quriliş loyihalarining boşlanğiç qiymatini hisoblaşda yagona yondaşuvni joriy etiş hamda pudratçilar xarajatlarini oçiqroq şakllantirişga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Toşkentga 2 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek