Toşkentda yölovçilar oqimi eng yuqori yönalişlar aniqlandi

23-oktabr kuni ertalabki tig‘iz vaqtda Toşkent avtobuslarida 344,5 mingdan ortiq yölovçilar taşildi. «Toşşahartransxizmat» ma’lumotiga köra, eng köp yölovçi 131-sonli avtobus yönalişida qayd etilgan.
Soat 06:00 dan 10:00 gaca bölgan davrda 131-sonli «Döstlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi» yönalişidan 5 454 nafar yölovçi foydalangan.
Keyingi örinlarda 8-sonli «Olçazor mahallasi – Çilonzor mavzesi 25-daha» yönalişi 4 674 nafar va 24-sonli «TTZ AŞB – Yunusobod mavzesi 6-daha» yönalişi 4 499 nafar yölovçi bilan qayd etilgan.
Şuningdek, 38-sonli yönalişda 4 147 nafar, 9T yönalişida esa 4 075 nafar yölovçi taşilgan.
Bir kunda 1,3 mln yölovçi taşilgan
22-oktabr kuni Toşkent avtobuslarida jami 1,3 mln nafar yölovçi taşilgan.
16 – 22-oktabr kunlari esa haftalik yölovçilar soni 8,5 mln nafarga yetgan. Şu davrda ertalabki tig‘iz soatlarda jami 2,1 mln nafar yölovçi taşilgan.
Hozirda «Toşşahartransxizmat» tizimida jami 164 ta avtobus yönalişi faoliyat yuritmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Lutfiy ko‘chasining 2,4 km qismida avtobus, velosiped va elektrosamokatlar uchun ajratilgan yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.